Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiya va AQSh prezidentlari Vladimir Putin va Donald Trampning telefon orqali muloqoti Moskva vaqti bilan soat 17:00 (Toshkent vaqti bilan soat 19:00)ga rejalashtirilganini ma’lum qildi.
"Tramp bilan telefon suhbati soat 17:00 da bo‘lib o‘tadi", — dedi Peskov.
Rossiya prezidenti matbuot kotibi davlat rahbarlarining bo‘lajak suhbatini muhim deb atadi va uning natijalari haqida xabar beriladi.