Bugun 5 aprel, 2026 yil, yakshanba

КИР

Bugun oxirgi 5 yillikdagi eng issiq kun bo‘ldi

A A A
Bugun oxirgi 5 yillikdagi eng issiq kun bo‘ldi

Gidrometeorologiya markazining yetakchi mutaxassisi Erkin Abdulahatov oxirgi 5 yillikdagi 15 oktyabrya bo‘yicha kun xronologiyasi e’lon qildi.

2018 yil 15 oktyabr. Respublika hududlari, xususan Namangan viloyatiga ham shimoldan sovuq havo oqimi kirib kelgan. O‘rtacha sutkalik harorat iqlimiy me’yoriy ko‘rsatkichlardan 5 darajagacha pasaygan.

Hatto, Namangan viloyatining tekislik hududlarida ham kechasi yog‘ayotgan yomg‘irning qorga aylanib ketish prognozlari taqdim etilgan. Bir so‘z bilan aytganda, o‘sha kuni "yaxshigina" sovuq bo‘lgan.

2019 yil. 15 oktyabr. Tog‘larda biroz yog‘ingarchilik kuzatilgan. Harorat iqlimiy me’yordan biroz past kuzatilgan. Qamchiq dovonida harorat nol darajagacha pasaygan.

Namangan viloyati hududlari uchun noyabr oyida kutilayotgan maslahatomus ob-havo prognozi ishlab chiqilgan.

2020 yil 15 oktyabr. Quyoshli kun. Harorat +23 daraja issiq bo‘lishi prognoz qilingan.

Farg‘ona viloyati respublikada birinchilardan bo‘lib, paxta planini 100 % ga topshirgan.

2021 yil. 15 oktyabr. Quyoshli kun. Havo harorati maksimal +25 daraja issiq bo‘lishi prognoz qilingan.

Iqlim o‘zgarishi tufayli, Rossiyada yangi iqlim migrantlari paydo bo‘lishi, O‘zgidromet bosh direktori o‘rinbosari mas’ul tashkilot vakillariga O‘zbekistonda metan bo‘yicha global majburiyatlarga qat’iy amal qilish, "Tuproqsifat tahlil" DUK tomonidan kuzgi bug‘doy ekish uchun optimal muddatlar prognozi to‘g‘risida tahliliy materiallar tayyorlangan.

Umuman olganda, bugungi 15 oktyabr sanasi oxirgi 5 yillikdagi eng issiq kundir. 2018 yilning 15 oktyabri sovuq va yog‘inli, 2020-2021 yillar quruq, quyoshli va 2019 yilning mazkur sanasi biroz sovuqroq, bulutli iqlim sharoitini taqdim etgan.

Kiritildi: 17:19 15.10.2022. O'qildi: 3240 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!