Bugun jahon chempionati guruh bosqichi doirasida o‘yinlar davom ettiriladi. Bugun 4 ta o‘yinning guvohiga aylanamiz.
Dastlab Toshkent vaqti bilan soat 15:00 da Fransiya – Avstraliya o‘yinining guvohiga aylanamiz. Garchi bu juftlikda fransuzlar yaqqol favorit hisoblanishsa-da, o‘yin qizg‘in kechisi kutilmoqda.
Toshkent vaqti bilan soat 18:00 da esa Argentina Islandiyaga qarshi maydonga tushadi. Ko‘pchilik, ayniqsa, Messining muxlislari bugun undan xuddi Ronalduniki kabi xet-trik kutishyapti. Messining imkoniyati yaxshiroq, chunki raqib Ispaniya emas, Islandiya. Ammo shuni unutmaslik kerakki, Leo terma jamoada Ronaldu kabi omadli harakat qila olmaydi. Ehtimol, bu safar hammasi boshqacha bo‘lar.
Oradan uch soat o‘tganidan so‘ng Peru hamda Daniya termalari o‘zaro hisob-kitob qilishadi. Bugungi so‘nggi o‘yin esa tungi soar 23:59 da Xorvatiya va Nigeriya o‘rtasida kechadi. Barcha terma jamoalarga omad tilaymiz.