Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Bugun ikkita hududda aholi orasida koronavirus aniqlandi

Bugun ikkita hududda aholi orasida koronavirus aniqlandi

Bugun mamlakatimizda 97 holatda kasallik qayd etilgan. Shundan 85 nafari Karantin muassasalarida, 5 nafari aholi orasida (shundan 3 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida, 2 nafari Toshkent shahrida), qolgan 7 nafari esa xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilari orasida aniqlangan. Bu haqda SSV xabar bermoqda.

Avval xabar qilganimizdek, bugun 116 nafar fuqaro sog‘aydi. Shundan 85 nafari Toshkent shahridagi, 15 nafari Samarqand viloyatidagi, 14 nafari Navoiy viloyatidagi hamda 2 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi tibbiyot muassasalarida shifo topishdi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 4966 nafar bemordan 3874 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 78 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 1073 nafar bemordan 12 nafari og‘ir, 2 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Hozirda mamlakatimizda uy karantinida 26 960 nafar, stasionar karantinda esa 22 497 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvda bo‘lib turibdi.

Kiritildi: 23:33 13.06.2020. O'qildi: 5936 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!