Bugun 5 oktyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Bugun Yevropa chempionati chorak finalining so‘nggi ikki o‘yini bo‘lib o‘tadi

Bugun Yevropa chempionati chorak finalining so‘nggi ikki o‘yini bo‘lib o‘tadi

Bugun, 6 iyul kuni futbol bo‘yicha 2024 yilgi Yevropa chempionatining so‘nggi ikki chorak final uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi.

Soat 21:00da Angliya va Shveysariya terma jamoalari bellashadi.

Uchrashuv Dyusseldorf shahridagi «Merkur Shpil-Arena» stadionida bo‘lib o‘tadi.

Ikki jamoa bungacha 27 marta to‘qnash kelgan, 18 marta Angliya, 3 marta Shveysariya g‘alaba qozongan, qolganlari durang qayd etgan.

Shuningdek, bugun tunda soat 00:00da Gollandiya - Turkiya uchrashuvi boshlanadi.

O‘yin Berlindagi «Olimpiashtadion» stadionida bo‘lib o‘tadi.

Ikki jamoa bungacha 14 marta to‘qnash kelgan, Turkiya 4 marta, Gollandiya 6 marta g‘alaba qozongan, qolganlari durang qayd etgan.

Kiritildi: 17:35 06.07.2024. O'qildi: 1998 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!