Bugun 27 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

Bugun Chingizxonning vafot etgan kuni

A A A
Bugun Chingizxonning vafot etgan kuni

Bugun, 18 avgust kuni Chingizxonning vafot etganiga 791 yil to‘lishi munosabati bilan uning Mo‘g‘ulistondagi haykali odamlar bilan juda gavjum.

Chingizxon taxminan 1155 yil O‘non daryosi yaqinida tug‘ilgan. Ayrim tarixchilar tomonidan mo‘g‘ul, deb kelingan Chingizxon ota tomonidan qiyot, ona tomonidan qo‘ng‘irot eli o‘g‘loni bo‘lgan!

Unga 1206 yilda mo‘g‘ul aslzodalari, no‘yonlari ishtirokidagi buyuk qurultoyda “xon” unvoni berilgan va barcha qabila, urug‘, elatlarning buyuk xoni deb e’lon qilingan.

Chingizxon o‘n ming kishilik shaxsiy gvardiya xamda yuz ming jangchidan iborat otliq armiyani shakllantirgan.
U 1227 yil 18 avgust kuni u og‘ir darddan vafot etgan.

Mo‘g‘ul davlati asoschisi Chingizxonning eng katta haykali Mo‘g‘ulistonda bo‘lib, u mamlakat poytaxti Ulan-Batordan 54 km uzoqlikda, Tuul daryosidan uncha uzoq bo‘lmagan masofada joylashgan. 
Chingizxonning chavandoz shaklidagi haykalining ochilishi 2008 yil 26 sentyabrda bo‘lib o‘tgan. Balandligi 30 metr bo‘lgan chavandoz ko‘rinishdagi haykal dunyoga ko‘rkam va ulkan monument sifatida tanilgan

Bu haykalni yaratishda haykaltarosh Erdenebileg va arxitektor Enxjargala birgalikda ish olib borishdi

Manba: qalampir. com

Kiritildi: 18:33 18.08.2018. O'qildi: 7471 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!