Bugun 17 noyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Bugun Berdaq haqidagi film premyerasi bo‘lib o‘tadi

A A A
Bugun Berdaq haqidagi film premyerasi  bo‘lib o‘tadi


Bugun soat 18:00 da Adiblar xiyobonida Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan Toshkent pediatriya instituti va “Qoraqalpoqfilm” kinostudiyasi tomonidan suratga olingan “Amu sohili kuychisi” hujjatli filmi premyera qilinadi.

Mazkur film Qoraqalpog‘iston xalq shoiri Berdaq hayoti va ijodi haqida bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020 yil Adiblar xiyoboniga tashrifi davomida berilgan topshiriqlari yuzasidan tasvirga olingan. "Xalq yuragi" turkum filmlaridan biri.

Ssenariy muallifi Kengesbay Karimov, rejissyor Bektileu Nizamatdinov, operator Asenbay Asqarov, kartina direktori Baxtiyar Madiyarov.

Kuni kecha Bobur, Abdulla Oripov, G‘afur G‘ulom hayoti va ijodi haqidagi hujjatli filmlar namoyish etilgandi. Oldinda 29 sentyabrga qadar Ogahiy, Cho‘lpon, Zulfiya, Erkin Vohidov, Hamid Olimjon va boshqa adiblar haqidagi hujjatli filmlar premyeralari bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 11:31 10.09.2021. O'qildi: 6819 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik