Bugun 21 sentyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Bugun avtomobilsiz kun!

Bugun avtomobilsiz kun!

Toshkentda 26 iyun, chorshanba kuni navbatdagi «Avtomobilsiz kun» aksiyasi bo‘lib o‘tadi.

Aksiya O‘zbekiston Prezidentining 21 fevraldagi 37-sonli qaroriga muvofiq har oyning to‘rtinchi chorshanbasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Toshkent shahrida joylashgan barcha davlat idoralari rahbarlari va xodimlariga atmosferaga zarar keltirmaslik maqsadida shaxsiy transport vositalaridan voz kechib, jamoat transporti, velosiped va atrof-muhitni ifloslantirmaydigan boshqa transport turlaridan foydalanish tavsiya qilinadi.

"Hurmatli yurtdoshlar! Barchangizni «Avtomobilsiz kun» jamoat loyihasiga befarq bo‘lmaslikka, ekologik toza transport vositalaridan foydalanishga chorlab qolamiz", deya eslatadi Ekologiya vazirligi.

Kiritildi: 07:35 26.06.2024. O'qildi: 874 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!