AQSh prezidenti Donald Tramp Eron bilan muzokaralar bugun, 3 avgust kuni bo‘lib o‘tishini ma’lum qildi. Tramp bu haqda Nyu-Jersidan Vashingtonga qaytayotganda Air Force One samolyoti bortida jurnalistlar bilan suhbatda bildirdi.
Tramp muzokaralar bugun tushdan keyin boshlanishini aytdi. Biroq u qayerda o‘tishi va unda kimlar ishtirok etishiga aniqlik kiritmadi.
Shu bilan birga, AQSh prezidenti kelishuvga erishish uchun aniq muddat belgilashdan bosh tortdi.