Eron va AQSh o‘rtasidagi tinchlik shartnomasi ertaga elektron shaklda imzolanadi.
Bu haqda Pokiston Tashqi ishlar vazirligi vakili Tohir Husayn Anderabi ma’lum qildi.
"Eron va AQSh o‘rtasidagi tinchlik shartnomasini videokonferensiya orqali imzolash marosimi yakshanba kuni bo‘lib o‘tadi", dedi u.
Avvalroq Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif Qo‘shma Shtatlar va Eron mojaroni tugatish bo‘yicha kelishuvning yakuniy matni bo‘yicha kelishib olganini va Pokiston hozirda imzolash jarayonini yakunlash uchun ikkala tomon bilan yaqindan hamkorlik qilayotganini e’lon qilgan edi.
"Telefon orqali suhbat davomida Pokiston va Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vazirlari Qo‘shma Shtatlar va Eron o‘rtasidagi muzokaralarning yakuniy bosqichida ekanligini olqishladilar. Elektron shartnomani imzolash marosimi 14 iyunga belgilangan", deb xabar berdi Pokiston Tashqi ishlar vazirligi ijtimoiy tarmoqlarda.
Shu bilan birga, Eron Tashqi ishlar vazirligi vakili Ismoil Bag‘ayi memorandum imzolanishi yaqin kelajakda bo‘lib o‘tishi mumkinligini ta’kidlab, aniq sana hali belgilanmaganligini ta’kidladi.