Bugun 2 aprel, 2025 yil, chorshanba

КИР

Bu yil O‘zbekistondan 237 tonna qovun eksport qilindi

Bu yil O‘zbekistondan 237 tonna qovun eksport qilindi

O‘zbekistonda yetishtirilgan meva va sabzavotlar qatorida, qovun ham bugun dunyoning qator davlatlari bozoridan joy olmoqda. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi Axborot xizmati ma’lumotlariga tayanib, O‘zA xabar qiladi.

2019 yilning 1 iyun holatiga ko‘ra, 323,4 ming AQSh dollariga teng bo‘lgan 237,6 tonna qovun mahsuloti eksport qilindi.

O‘zbekistonda yetishtirilgan qovunga Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston va Ukraina davlatlari bozorlarida talab yuqori bo‘lmoqda.

E’tiborlisi shundaki, qovun eksporti Qirg‘iziston va Ukraina davlatlariga 2018 yilning shu davriga nisbatan oshganligini kuzatish mumkin.

Kiritildi: 05:15 17.06.2019. O'qildi: 2480 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!