Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

Bu yil magistraturaga qabul bir marta bo‘ladi

Bu yil magistraturaga qabul bir marta bo‘ladi

Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov 2023 yil magistraturaga qabul faqat bir marta bo‘lishini aytdi. Vazir bu haqda yangi o‘quv yili qabul masalalariga bag‘ishlangan suhbatda ma’lum qildi.

Bu yil magistraturaga qabul an’anaviy tarzda bir marta bo‘ladi. Parametrlarni ham tez orada tasdiqlaymiz. Hammasi oldingi o‘sha tartibda sertifikatlar bilan bo‘ladi. Biz faqat o‘tgan bir yil uchun 2 marta magistraturaga hujjat topshirishga qabul komissiyasidan ruxsat so‘rab olganmiz. O‘sha yili yangi tizim joriy qilingani va til sertifikatlari talab qilingani hisobiga shunday bo‘lgandi”, – dedi Abdurahmonov.

Ma’lumot uchun, 2022/23 o‘quv yilida magistratura uchun 2 marta — qishki va yozgi qabul o‘tkazilgandi.

Kiritildi: 21:32 09.06.2023. O'qildi: 2261 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!