Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Bu yil abituriyentlarning barmoq izlari orqali shaxsi aniqlanadi

Bu yil abituriyentlarning barmoq izlari orqali shaxsi aniqlanadi

O‘tgan yili test sinovlari davrida abituriyentning shaxsini aniqlashda qo‘llanilgan usullarga qo‘shimcha ravishda bu yil barmoq izlarini olish ham qo‘shildi. Qolaversa, test sinovlariga uyali aloqa vositalari, qo‘shimcha yordamchi texnikalar kiritishga urinishlar bo‘lgani hisobga olinib, bu yil testlar bo‘ladigan binolarga mobil aloqani cheklovchi qurilmalar ham qo‘yiladi.

Davlat test markazi mutaxassisining aytishicha, bu yil OTMga qabul kvotalari o‘tgan yilgidan ham ko‘proq bo‘lishi rejalashtirilgan. Bu jarayonda OTM imkoniyatidan kelib chiqqan holda, tabaqalashtirilgan holda to‘lanadigan to‘lov shartnoma asosida o‘qishni tashkil etish ham ko‘zda tutilayapti. Bunda barcha oliy ta’lim muassasalari o‘z imkoniyati haqidagi ma’lumotlarni taqdim etgach, talabalar soni yanada ortadi.

Abituriyentning test sinovidan to‘plagan ballari haqidagi ma’lumotni test sinovi o‘tkazilgan kunning ertasiga bilishi mumkin. Ammo uning talabalikka tavsiya etilgani yoki etilmagani bo‘yicha belgilangan tartibda tasdiqlangan tanlov natijasi test sinovlarini o‘tkazish jarayoni to‘liq yakunlangandan keyin bir hafta muddat ichida aniq bo‘ladi. Bu ma’lumotlar Davlat test markazining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.

OTMga kirish imtiyozlari nima? U kimlarga berilgan va qay tartibda amal qiladi?

Bu borada qonun hujjatlari qabul qilingan. OTMga qabul jarayonida boshqa tashkilotlar bunga amal qilishga majbur. Mamlakatimizda harbiy xizmatchilarning farzandlari, nogironlar va shu kabi imtiyozli toifalarning imtiyozlari belgilangan qabul kvotalaridan tashqari ravishda belgilanadi. Bu yildan boshlab imtiyozli tavsiyanoma olgan harbiy xizmatchilar uchun ham qabul qilish kvotalardan tashqari bo‘ladi. Sirtqi ta’limga hujjat topshirganlarga ham imtiyozlar birdek qo‘llanadi, lekin sirtqi ta’lim faqat to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi. Xalqaro olimpiadalar va Respublika fan olimpiadalari g‘oliblari ham imtiyoz asosida belgilangan kvotalar ichida o‘qishga qabul qilinadi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bu toifa juda kamchilikni tashkil etadi.

Uchta oliy ta’lim muassasasini tanlashda ikkilanayotgan abituriyentlar kimga murojaat qilsa bo‘ladi?

DTM saytida abituriyentlar qaysi yo‘nalishni tanlashda o‘zini sinab ko‘rishi mumkin. Bir necha marotaba tanlovlarni sinab ko‘rishi, istagan hududlarni tanlashi mumkin. Abituriyentlar oliy ta’lim muassasalariga tanlovini hujjat topshirgunicha aniq bilib olsa, keyinchalik ikkilanishlar bo‘lmaydi va keyin afsuslanib ham qolmaydi.

Kiritildi: 14:49 16.05.2019. O'qildi: 1566 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!