Bugun 4 iyun, 2025 yil, chorshanba

КИР

"Bu urushda Ukrainada nemis askarlari bo‘lmasligi aniq"

A A A
"Bu urushda Ukrainada nemis askarlari bo‘lmasligi aniq"

Germaniya kansleri Olaf Shols nemis qo‘shinlari Ukrainadagi jangovar harakatlarda ishtirok etmasligini aytdi. Shu bilan birga, u Kiyevga mudofaa salohiyatini kuchaytirishga va’da berdi.

Bu urushda Ukrainada nemis askarlari bo‘lmasligi aniq. Kelishuv Germaniya urushga qo‘shiladi degani emas, — dedi Shols.

Kanslerning aytishicha, Berlin harbiy yordam beradi: qurol jo‘natadi, ukrainalik askarlarni o‘qitadi, Ukraina mudofaa sanoatini modernizasiya qilishda ko‘maklashadi.

Olaf Shols bir kun avval Germaniya Ukrainaga 1,1 milliard yevrolik yangi harbiy yordam paketi ajratishini, bu paket 36 g‘ildirakli gaubisa, 120 ming artilleriya snaryadlari, ikkita yangi havo hujumiga qarshi mudofaa tizimi, ikkita IRIS-T zenit raketa tizimlarini o‘z ichiga olishini aytdi.

Kiritildi: 22:45 17.02.2024. O'qildi: 3240 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!