Bugun 12 dekabr, 2024 yil, payshanba

КИР

«Bu qandaydir ritorik tahdid emas»: Kim Seul bilan jang qilishga tayyorligini e’lon qildi

«Bu qandaydir ritorik tahdid emas»: Kim Seul bilan jang qilishga tayyorligini e’lon qildi

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In, agar Janubiy Koreya yoki AQSh suverenitetini buzishga urinsa, mamlakat barcha turdagi hujumkor qurollardan foydalanishdan tortinmasligini aytdi. Bu haqda Koreya markaziy axborot agentligi xabar berdi.

Kim bu haqda mashg‘ulotlar o‘tkazilayotgan Koreya xalq armiyasi maxsus kuchlari bazasiga tashrifi chog‘ida bayonot berdi.

Kimning qo‘shimcha qilishicha, harbiy to‘qnashuv yuz bergan taqdirda Seul va Koreya Respublikasining mavjudligi imkonsiz bo‘ladi. Uning ta’kidlashicha, bu qandaydir ritorik tahdid emas, balki real prognozdir.

Kiritildi: 12:18 05.10.2024. O'qildi: 4888 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!