Bugun 26 dekabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Bryusselda chet ellik talaba o‘ldirildi

Bryusselda chet ellik talaba o‘ldirildi

Payshanba kuni erta tongda Bryussel markazida singapurlik talabaning qorniga noma’lum shaxs pichoq sanchdi. Voqea joyiga polisiya va tez yordam xizmati yetib kelgach, 25 yoshli singapurlik tez yordam mashinasida shifoxonaga olib ketilgan va u olgan jarohatlari tufayli vafot etgan.

Mahalliy polisiya ma’lumotlariga ko‘ra, 25 yoshli yigit Belgiyada talaba bo‘lgan, biroq uning qayerda tahsil olgani haqidagi ma’lumotlar oshkor etilmagan.

U Bryussel shahrida ikki do‘sti bilan Beurs hududida bo‘lganida, polisiya hisobotiga ko‘ra, ularga yana ikki yosh yigit kelib, ulardan sigaret so‘radi. Keyin talabaning telefonini berishini talab qilgan, lekin u berishdan bosh tortgan.

Hujumchilar singapurlikni pichoqlab, voqea joyidan qochib ketgan.

"Ikki gumondor tezda aniqlandi", - deyiladi prokuratura bayonotida. “Ularning ikkalasi ham 18 yoshda. Biz ularning uylarini tintuv qilib, hibsga oldik”.

Pichoqbozlik sabablari noaniqligicha qolyapti, chunki na polisiya, na prokuratura tergov davomida hech qanday ma’lumot bermagan.

Evropa poytaxti markazidagi jinoiy vaziyat og‘irligicha qolyapti. Kechqurun bir qator hududlarda giyohvand moddalar to‘dalari o‘rtasida to‘qnashuvlar sodir bo‘lib, cho‘ntak o‘g‘rilik va talonchilik holatlari tez-tez uchrab turadi.

Kiritildi: 16:02 11.11.2024. O'qildi: 1242 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!