Bugun 5 oktyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Britaniya va Braziliya koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqarishda hamkorlik qiladi

Britaniya va Braziliya koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqarishda hamkorlik qiladi

Braziliya Oksford universiteti va «AstraZenecaPls» farmasevtika kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan koronavirus infeksiyasiga qarshi vaksina ishlab chiqarish bo‘yicha Buyuk Britaniya bilan shartnoma tuzdi.

Bu haqda “Bloomberg” xabar bermoqda.

Braziliya Londondan nafaqat vaksinani, balki 287 million dollarlik ishlab chiqarish uchun xomashyolarni ham sotib oladi. Birinchi partiya klinik sinovlar natijalaridan qat’iy nazar 127 million dollarga tushadi. Bular dekabr-yanvar oylarida yetkazib beriladigan 30,4 million dozadir.

Vaksinaning samarali ekanligi isbotlanganidan keyin yana 70 million doza aholiga “Fundacao Oswaldo Cruz” Braziliya tadqiqot instituti tomonidan yetkazib beriladi.

Kiritildi: 20:55 28.06.2020. O'qildi: 1644 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!