Bugun 8 sentyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Britaniya Rossiya yadro qurollarini yo‘q qilishga qodir uzoq masofali raketalar yaratmoqchi

Britaniya Rossiya yadro qurollarini yo‘q qilishga qodir uzoq masofali raketalar yaratmoqchi

The Times nashri anonim diplomatik manbaga asoslanib, Britaniya hukumatining harbiy rejasi haqida ma’lumot taqdim etgan.

Unga ko‘ra o‘ta zamonaviy yadro quroliga qarshi tizim yaratish ishlari allaqachon boshlangan.

Rossiya yadro qurolini yo‘q qilishga mo‘ljallangan yangi raketalar 3,2 ming kilometr masofaga ucha olishi xabar qilingan. Hukumat va harbiylar ayni paytda bu raketa variantlari borasida muhokama olib borayotgani xabar qilingan.

“Britaniya Rossiyadan uchiriladigan yadroviy qurollarni yo‘q qila oladigan uzoq masofali raketalarni yaratish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda”, deyilgan The Times xabarida.

Nashr manbasiga ko‘ra, Britaniya ushbu raketalarni Germaniya bilan birgalikda ishlab chiqishi mumkin. Britaniya mudofaa vaziri Jon Hili 24 iyul kuni Berlinga tashrifi chog‘ida loyihani nemis hukumati rasmiylari bilan muhokama qilgan. Agar hamkorlik amalga oshsa, raketalar Germaniyada ham joylashtiriladi.

Kiritildi: 11:45 27.07.2024. O'qildi: 651 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!