Rossiya hukumati Ukraina bilan urushga tobora ko‘proq mablag‘ sarflamoqda. 2024 yilga mo‘ljallangan hukumat byudjeti mudofaa xarajatlarini 2023 yilga nisbatan qariyb 68 foizga oshirishni ko‘zda tutadi — natijada harbiy xarajatlar YAIMning taxminan 6 foizini tashkil qiladi, deb yozadi Britaniya harbiy razvedkasi.
▪️Ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalariga ajratiladigan mablag‘lar esa aksincha, 2023 yil uchun ajratiladigan mablag‘lar darajasida muzlatiladi, bu ularning inflyasiya tufayli real qisqarishiga teng, deyiladi kundalik hisobotda.
"Yarador askarlarga tibbiy yordam ko‘rsatish va halok bo‘lganlarning oila a’zolariga to‘lovlar bo‘yicha mablag‘larni ko‘paytirish zarur. Og‘ir yaralangan va nogiron deb qayd etilgan askarlarning yarmidan ko‘pi oyoq-qo‘llarini yo‘qotgan. 20% hollarda ular uchun oyoq-qo‘llar amputasiyasi, 80% holatlarda esa oyoqlar amputasiyasi talab qilinadi", — deb ma’lumot berdi Rossiya Mehnat vaziri o‘rinbosari Aleksey Vovchenko 2023 yil 17 oktyabrda. Qayd etilishicha, bu yaradorlar umrbod tibbiy yordamga muhtoj bo‘ladi.
▪️Harbiy xarajatlarning doimiy o‘sishi inflyasiyani kuchaytirishi va Rossiya hukumati urushni moliyalashtirish yo‘lida qiyin qarorlar qabul qilishga majbur bo‘lishi mumkin, bu esa rus biznesiga moliyaviy bosimni kuchaytiradi. Shu bilan birga, kelajakda harbiy xarajatlarning har qanday sezilarli qisqarishi katta ehtimol bilan Rossiya iqtisodiyotini sanksiyalar oldida muhim harakatlantiruvchi kuchdan mahrum qiladi, deb hisoblaydi hujjat mualliflari.