"Buni aytishdan afsusdaman, lekin bu achchiq haqiqat. Optimist bo‘lish yaxshi, ammo realist bo‘lish ham kerak. <...> Ayniqsa, NATOning Rossiyaning Ukrainaga bosqini borasidagi munosabatiga kelsak, agar Putinning hujumiga Sharqiy Yevropadagi NATO a’zosi - masalan, Boltiqbo‘yi davlatlari yoki hatto Polsha yoki Ruminiya kabi mamlakatlar duch kelgan taqdirda ham, G‘arbiy Yevropaning biron-bir bosh vaziri yoki prezidenti o‘z yigit-qizlarini, o‘z yurtdoshlari ko‘pchiligi hech qachon eshitmagan mamlakat uchun Sharqiy Yevropada jang qilib, jon berishga yuborishiga ishonmayman."