Bugun 21 sentyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

BRICS sammiti vaqtida Si Jinpinning sog‘lig‘i yomonlashdi

BRICS sammiti vaqtida Si Jinpinning sog‘lig‘i yomonlashdi

Bu haqda The Wall Street Journal xabar bermoqda.

Xitoy raisi Si Jingpin Hindiston poytaxti Nyu-Dehlida bo‘lib o‘tgan BRICS sammiti doirasida davlat yetakchilari bilan kechki ovqatda qatnashmadi. The Wall Street Journal manbalariga ko‘ra, Xitoy rahbari o‘zini yomon his qilgani sabab so‘nggi daqiqada ziyofatda qatnashishdan voz kechgan.

Kechki ovqatda Si Jinpinning o‘rniga tashqi ishlar vaziri Van I qatnashgan. Hindistonning Press Trust axborot agentligi Xitoy raisi dam olish uchun mehmonxonadagi xonasiga qaytganini xabar qilgan.

"Si Jinpinning tadbirda ko‘rinmagani uning Vashingtonga safari oldidan sog‘lig‘i borasida savollar uyg‘otmoqda. Shu bilan birga, Xitoy rahbarida jiddiy kasallik borligini tasdiqlovchi hech qanday dalil yo‘q", deyiladi WSJ xabarida.

Xitoy raisining Qo‘shma Shtatlarga rasmiy tashrifi 24 sentyabrga rejalashtirilgan. WSJ ma’lumotiga ko‘ra, hozircha safar rejasi o‘zgargani yo‘q. Si Jinpin va Donald Tramp o‘rtasidagi muzokaralarda sun’iy intellekt, Eron, Tayvan va savdo masalalari muhokama qilinishi kutilmoqda.

Kiritildi: 21:30 20.09.2026. O'qildi: 665 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!