Bugun 8 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

Braziliyada oila a’zolarini tarkibida mishyak bo‘lgan keks bilan zaharlagan ayol hibsga olindi

A A A
Braziliyada oila a’zolarini tarkibida mishyak bo‘lgan keks bilan zaharlagan ayol hibsga olindi

Braziliyada bir ayol olti qarindoshini mishyak solingan Rojdestvo keks bilan zaharladi. U polisiya tomonidan hibsga olindi.

Hodisa Braziliya janubidagi Riu-Grande-du-Sul shtatidagi Torres shahrida yuz berdi. Hodisa oqibatida uch kishi halok bo‘lgan. Yana uch nafari kasalxonaga yotqizilgan.

O‘lganlarning jasadlarini tekshirish paytida topilgan mishyak miqdori zaharlanishning tasodifiy xususiyatini istisno qiladi, chunki zaharli moddaning konsentrasiyasi juda yuqori. Mishyak namunalari bayram desertini tayyorlash uchun ishlatiladigan undan topilgan. Keksni qurbonlardan birining kelini tayyorlagan.

Kiritildi: 18:36 08.01.2025. O'qildi: 1089 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!