Federal Oliy sud sudyasi Aleksandr de Moraesning qarorida aytilishicha, milliarder Ilon Maskga tegishli platforma Braziliyada faoliyatini qayta tiklash uchun barcha zarur talablarga javob bergan.
X kompaniyasi rahbariyati bu qarorni olqishladi. «O‘n millionlab braziliyaliklarga bizning ajralmas platformamizdan foydalanish imkoniyatini ta’minlash ushbu jarayon davomida juda muhim edi», deyiladi kompaniya bayonotida.
Avgust oyining oxirida sudya de Moraes X.ni butun mamlakat bo‘ylab yopishni buyurdi. Buning rasmiy sababi kompaniyaning 24 soat ichida Braziliyadagi qonuniy vakilini tayinlashdan bosh tortgani bo‘ldi. Avvalroq X rahbariyati Braziliya rasmiylari talabiga ko‘ra, bir qator foydalanuvchilarning, jumladan, sobiq prezident Jair Bolsonaroning o‘ng qanot partiyasiga aloqador qonunchilarning akkauntlarini bloklashdan bosh tortgan edi.