Texnik nosozlik tufayli Braziliya prezidenti Luis Inasiu Lula da Silvaning samolyoti havoda to‘rt soatdan ko‘proq aylanib, so‘ng Meksika aeroportiga qaytdi.
Bu haqda G1 axborot portali xabar berdi.
"Prezidentni olib ketayotgan samolyot texnik nosozlik tufayli 1 oktyabr kuni kechki payt Mexiko shahri aeroportiga eson-omon qaytdi, natijada samolyot ortiqcha yoqilg‘ini to‘kish uchun to‘rt soatdan ko‘proq aylanib yurishga majbur bo‘ldi”, — deyiladi xabarda.
Bir versiyaga ko‘ra, qush samolyotning turbinasiga urilgan.
Samolyot bortida 16 kishi, jumladan prezident, vazirlar va ekipaj bo‘lgan. Lula da Silva seshanba kuni Meksika prezidenti Klaudiya Sheynbaumning inaugurasiya marosimida ishtirok etdi.
Braziliya prezidenti vatanga qaytish uchun zahiradagi samolyotidan foydalandi.