Shifokorlar Braziliya prezidenti Luiz Inasiu Lula da Silvaga quloq infeksiyasi tashxisini qo‘yishdi.
Bu haqda G1 portali ma’lum qildi, deb xabar beradi “Report”.
Qayd etilishicha, 26-may, dushanba kuni davlat rahbarining boshi aylanib, klinikaga borgan va u yerda unga labirintit tashxisi qo‘yilgan.
Braziliya yetakchisi tekshiruvdan so‘ng qo‘yib yuborildi va hozirda o‘zining rasmiy qarorgohida.
Portalning yozishicha, Lula da Silva sog‘lig‘i tufayli kunning qolgan qismida ish uchrashuvlarini bekor qilishga majbur bo‘lgan.