Braziliya prezidenti Lula da Silva hammomda yiqilib, boshining orqa qismidan jarohat oldi. Jarohatlari tufayli u BRIKS sammitiga Rossiyaga kelmaydi. Bu haqda 21 oktyabr, dushanba kuni davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.
"Tibbiy sabablarga ko‘ra Lula da Silva uzoq masofalarga parvoz qilishning vaqtincha imkonsizligi sababli Qozondagi BRIKS sammitiga bormaydi", — deyiladi xabarda.
Nashrning yozishicha, Silva sammitda masofadan turib ishtirok etadi, deb xabar beradi "RIA Novosti".
18 oktyabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin BRIKSga a’zo davlatlar ommaviy axborot vositalari rahbarlari bilan uchrashdi. Rossiya rahbarining asosiy bayonoti "Veshki Moskva" materialida keltirilgan.