Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Bozorlarimiz arzonmi: xorijliklar baho berishdi

Bozorlarimiz arzonmi: xorijliklar baho berishdi

Shirin va arzon bozor ekan. Bodomni 60 ming so‘mdan oldim, bizda uning narxi ikki barobar qimmat. Olib ketish uchun haqiqiy o‘zbek limonidan xarid qildim, narxi ham arzon. 15 ming so‘m ekan. Bizda uning ikki donasi qadoqlangan holda ana shu narxda sotiladi. Eng qizig‘i, sizlarda savdolashsa bo‘lar ekan.

 

Bu fikrlar Samarqandda o‘tkazilayotgan birinchi xalqaro turizm yarmarkasi ishtirokchisi, Moskvadan kelgan Sofiya Nikulinaga tegishli.

 

Ayni vaqtda tur operator bo‘lib ishlayotgan Sofiyaxon O‘zbekistonga birinchi kelishi bo‘lsa-da, hozirga qadar moskvalik ko‘plab sayyohlarni yuborgan ekan. Bunda asosiy yo‘nalish Samarqand, Buxoro, Xiva bo‘lgan.

 

Samarqanddagi “Siyob” bozorini aylanib narx-navoni o‘rgangan mehmonlar yaqinlari uchun oziq-ovqat, turli esdalik sovg‘alari xarid qildi.

 

photo5274020841224514398.jpg

 

Turizm yarmarkasi ishtirokchilari Samarqanddagi Konigil qog‘oz ishlab chiqarish fabrikasida bo‘lib, jarayon bilan yaqindan tanishdi.

 

– Qog‘ozni ishlatib, bemalol tashlab yuborganda bir parcha qog‘ozni ishlab chiqarish mashaqqatini bilmas ekanman,– deydi Qozon federal universiteti tarkibidagi pedagogika instituti direktori Yelena Merzon. – Bu qog‘ozlardan tayyorlangan kitob yoki gazetalar ko‘zni charchatmas ekan. O‘zim o‘qituvchi bo‘lganim uchun ko‘proq talabalarni o‘ylayman. Imkoni bo‘lganda bu qog‘ozlarni xarid qilib, kitob tayyorlashda foydalangan bo‘lardim.

 

Samarqand go‘zalligi va mazkur korxona hududidagi tabiiylik haqidagi suhbatimizga Qozog‘iston turizmni rivojlantirish qo‘mitasi rahbari Maynyura Murzamadiyeva qo‘shildi.

 

– Tut yog‘ochidan tayyorlanayotgan bunday tabiiy qog‘ozlar menga juda yoqdi, – deydi mehmon. – Shu bois hamkorlik qilishga kelishib oldik. Qog‘oz vatani Samarqand ekanini bilardim, ammo uning ishlab chiqarish jarayonini ko‘rib, hayratda qoldim. Mazkur maskanga ko‘plab qozog‘istonlik sayyohlarni olib kelish niyatidaman.

 

photo5274206031624383416.jpg

 

Mazkur korxona rahbari Zarif Muxtorovning aytishicha, Samarqandda VIII asrdan keyin qog‘oz ishlab chiqarish boshlangan va XVIII asrda to‘xtab qolgan. Sababi Yevropadan oppoq qog‘ozlar kirib kelgach, novvotrang va qimmat qog‘ozlar raqobatga dosh bera olmagan. Keyinchalik 1990 yillardan keyin u tiklandi. Xalqaro tashkilotlar va davlatimiz qo‘llab-quvvatladi. Hozirda hunarmandlar qishlog‘ini tashkil etib, keladigan sayyohlarga moyjuvoz, hunarmandlar markazida tayyorlangan buyumlar va qog‘oz ishlab chiqarish jarayoni namoyish etilmoqda.

 

10.07.2019

 

Kiritildi: 19:44 20.07.2019. O'qildi: 2874 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!