Boyovut tumani IIB JXX Probasiya guruhi hisobida turgan 1991 yilda tug‘ilgan Boyovut tumanida yashovchi, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi bandi bilan sudlanib, JIB Boyovut tuman sudi tomonidan 1 yil muddatga Ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan nazorat ostidagi shaxs O.B olib borilgan tezkor tadbirlar davomida o‘ziga tayinlangan jazodan bo‘yin tovlab, sud tomonidan qo‘yilgan taqiq va cheklovlarni buzib, 2022 yil 9 may kuni hamda 2022 yil 15 may kuni yashash xonadonida yo‘qligi va spirtli ichimlik ichganligi aniqlanib, unga nisbatan Boyovut tumani IIB JXX Probasiya guruhi tomonidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan.
Mazkur holat bo‘yicha 2022 yil 20 iyun kuni JIB Boyovut tuman sudiga taqdimnoma kiritildi va sud tomonidan taqdimnoma qanoatlantirilib, nazoratdagi shaxs O.B 9 oy 28 kunga ozodlikdan mahrum etilib, jazoni ijro etish muassasasiga qaytarildi.