Bugun 8 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Botir Xo‘jayev: Vazirlik kontrakt pullariga ham, haydovchilardan olinadigan jarimalarga ham aloqador emas

Botir Xo‘jayev: Vazirlik kontrakt pullariga ham, haydovchilardan olinadigan jarimalarga ham aloqador emas

22 iyul kuni Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi anjumanlar zalida Iqtisodiyot va sanoat vaziri Botir Xo‘jayev ishtirokida OAV vakillari bilan muloqot bo‘lib o‘tdi.

Anjumanda jurnalistlar vazirdan kontrakt miqdori qanday belgilanishi, masalan, sirtqi ta’lim ikki oy davom etsada, to‘lov miqdori kunduzi ta’lim singari ekanligi sababi nimadaligi, yo‘l qoidalarini buzganlardan undiriladigan jarimalar nimalarga qarab belgilanishini so‘radilar.

– Iqtisodiyot va sanoat vazirligi bu me’yorlarni belgilamaydi, aloqamiz yo‘q bularga. Oliy ta’lim narxlarini har bir OTM o‘z xarajatlaridan kelib chiqib, hisoblab chiqadi va Moliya vazirligiga taqdim etadi. Shundan so‘ng to‘lov-kontraktlar miqdorlari belgilanadi.

Yo‘l harakati qoidalari uchun jarimalarni ham biz belgilamaymiz. Bunda birinchi navbatda yo‘llardagi qoida buzish holatlariga barham berish, qoidabuzarlarga moliyaviy ta’sir ko‘rsatish orqali YTHlarni kamaytirish rejalashtiriladi – dedi Botir Xo‘jayev.

Kiritildi: 05:00 23.07.2019. O'qildi: 1760 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!