Bugun 30 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

Bosh vazir homilador rafiqasiga ham koronavirus yuqtirdi

Bosh vazir homilador rafiqasiga ham koronavirus yuqtirdi

Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonsonning homilador kelini Kerri Saymonds bir hafta davomida uyda koronavirus alomatlari bilan bo‘lganini aytdi.

"Men o‘tgan hafta koronavirusning asosiy belgilari bilan yotoqda yotdim. Test o‘tkazishga hojat yo‘q edi va yetti kunlik dam olishdan keyin o‘zimni yaxshi his qilyapman", deb yozdi Saymonds tvitterda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, "homiladorlik paytida koronavirusga chalinish juda xatarli".

Buyuk Britaniya bosh vazirining o‘zi ham bir hafta davomida koronavirus bilan kasallanganligi sababli o‘zini izolyasiya qildi.

Avvalroq 55 yoshli Jonson va uning 31 yoshli sevgilisi Kerri Saymonds yozning boshida ota-ona bo‘lishlarini e’lon qilishgan edi. Saymondsning xabar berishicha, ular o‘tgan yilning oxirida turmush qurishgan.

Kiritildi: 23:19 04.04.2020. O'qildi: 3057 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!