Bugun 7 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Bosh shifokorning qizg‘anchiqligi sabab go‘dak vafot etdi

Bosh shifokorning qizg‘anchiqligi sabab go‘dak vafot etdi

Kaliningrad shahridagi 4-sonli tug‘ruqxona bosh shifokori vazifasini bajaruvchisi, 42 yoshli Yelena Belova chaqaloqning o‘limiga olib kelgan harakatlarni sodir etishda gumon qilinmoqda, deb xabar bermoqda "turon24" nashri

Xabarda keltirilishicha tug‘ruqxona bosh shifokori o‘z xodimlariga homilasi vafot etgan ayolning tibbiy ma’lumotnomasiga noto‘g‘ri ma’lumot kiritishni topshirgan. Biroq huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining anishlashicha, bola tug‘ilganidan keyin tibbiy muassasada vafot etgan.

“Komsomolskaya pravda” nashrining ma’lum qilishicha, 5 noyabr kuni Kaliningrad shahridagi 4-sonli tug‘ruqxonaga bir ayol qabul qilingan va 6 noyabr kuni uning ko‘zi yorigan. Chaqaloqning hayotini saqlab qolish uchun qimmatbaho, kamyob dori talab qilingan, ammo tug‘ruqxona bosh shifokorining topshirig‘iga ko‘ra, preparat qo‘llanilmagan. Natijada bola vafot etgan. Tug‘ruqxona bosh shifokori Yelena Belova esa xodimlariga chaqaloqning tug‘ilish tarixiga ona qornida vafot etgani haqidagi ma’lumotni kiritishni buyurgan.

Xabarga ko‘ra, ayni vaqtda tug‘ruqxona bosh shifokoriga RF Jinoyat kodeksining 286-moddasi, 3-qismi va 1-qismi (lavozimini suiiste’mol qilish) bo‘yicha jinoiy ish ochilib, 16 noyabr kuni vaqtincha qamoqqa olingan. Xabarda ta’kidlanishicha, barcha holatlar aniqlanmaguncha, gumonlanuvchi vaqtincha ushlab turiladi.

Kiritildi: 18:18 17.11.2018. O'qildi: 2478 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!