Bugun 25 noyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Bosh prokuror "Facebook"ni sudga berdi

A A A
Bosh prokuror "Facebook"ni sudga berdi

Texas bosh prokurori biometrik ma’lumotlar sohasidagi huquqbuzarliklar tufayli Meta Platforms kompaniyasi (Facebook egasi) ustidan sudga da’vo kiritdi, deb xabar beradi Deutsche Welle.

Prokuror Ken Pakstonning Twitter’dagi sahifasida e’lon qilingan bayonotda ta’kidlanishicha, millionlab texasliklarning biometrik ma’lumotlari ularning tegishli roziligisiz to‘plangan, bu esa Texas qonunlarini zid hisoblanadi.

«Facebook endilikda insonlarning xavfsizligi va farovonligi hisobiga foyda olish maqsadida odamlar hamda ularning farzandlaridan o‘z manfaatlari yo‘lida foydalanmaydi. Bu Big Tech’ning aldamchi biznes amaliyotlariga yana bir misolidir va ular to‘xtatilishi kerak. Men texasliklarning xavfsizligi va ma’lumotlarining maxfiy qolishi uchun kurashishda davom etaman», — deydi Pakston.

Gap shundaki, suratlarda paydo bo‘ladigan odamlarni avtomatik ravishda qayd etadigan yuzni tanish funksiyasi 2021 yil oxirida bekor qilingan. Biroq Pakstonning ma’lum qilishicha, Facebook ijtimoiy tarmoq platformasiga yuklangan suratlar va videolardagi millionlab biometrik ma’lumotlarni saqlab qolgan.

«Meta va Facebook o‘z imperiyasini rivojlantirish va tarixiy daromad olish uchun foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlaridan ko‘p bora foydalanib kelgan», — deydi prokuror.

Meta kompaniyasi vakili ayblovlarda keltirilgan ma’lumotlar asossiz deya javob qaytargan.

Kiritildi: 17:45 15.02.2022. O'qildi: 2492 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik