Bugun 28 mart, 2024 yil, payshanba

КИР

Bosh prokuratura YPX xodimi ayolni kaltaklagani yuzasidan rasmiy axborot berdi. YPX xodimi jarohat olgan!

Bosh prokuratura YPX xodimi ayolni kaltaklagani yuzasidan rasmiy axborot berdi. YPX xodimi jarohat olgan!

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi ichki ishlar organi xodimi tomonidan ayolning kaltaklanishi bilan bog‘liq video yuzasidan axborot berdi. Ma’lum bo‘lishicha, hodisa 10 sentyabr kuni Qoraqalpog‘istonda yuz bergan.

Ma’lum bo‘lishicha, Qoraqalpog‘iston IIV Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi YPX inspektorlari K.R. va B.Z. piyodaga yo‘l bermagan Nexia mashinasini to‘xtatgan. Nexia haydovchisi A.B. inspektor B.Z.ga ma’muriy huquqbuzarlik sodir qilmaganligini aytib, inspektorga hujjatlarini taqdim etmasdan, voqea joyidan ketmoqchi bo‘lib, mashinani harakatga keltirgan.

Shundan so‘ng YPX inspektorlari qo‘shimcha yordamchi kuchlarni chaqirib, Nexia voqea joyidan ketib qolmasligi uchun zarur choralarni ko‘rgan vaqtda mashina ichida bo‘lgan ikki ayol — N.X. va SH.X. tushib kelib, Nexia’ning qochib ketishi uchun sharoit yaratib berish maqsadida YPX inspektorlariga faol qarshilik ko‘rsatgan.

«Natijada inspektor K.R. tan jarohati olgani aniqlangan», — deyiladi Bosh prokuratura axborotida. Idora axborotida qayd etilishicha, shundan «keyin fuqaro SH.X. uni YPX inspektorlari urib tan jarohati yetkazganini ma’lum qilib, "Tez yordam" mashinasida shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga kelgan».

Qayd etishlaricha, fuqaro SH.X.ning murojaati bo‘yicha voqea joyiga Nukus shahar tezkor tergov guruhi a’zolari chiqqan, hodisa joyi ko‘zdan kechirilib, YPX inspektorlari va fuqarolar narkologiya dispanseridan tibbiy tekshiruvdan o‘tkazilgan. Holat yuzasidan Nukus prokuraturasi tomonidan tekshirish xarakatlari o‘tkazilib, YPX inspektorlariga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlangan.

«Fuqaro SH.X.ning hamda YPX inspektori K.R.ning tan jarohati olganligi va boshqa holatlarga oydinlik kiritish maqsadida sud tibbiy ekspertizasi tayinlangan. Tekshirish davom etmoqda», — deyiladi Bosh prokuratura matbuot xizmati axborotida.

Kiritildi: 20:30 14.09.2019. O'qildi: 3476 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!