Bugun 25 iyun, 2025 yil, chorshanba

КИР

Bosh prokuratura akademiyasi binosi yana auksionga qo‘yildi

A A A
Bosh prokuratura akademiyasi binosi yana auksionga qo‘yildi

Toshkent shahri Mirobod tumani Shahrisabz ko‘chasida joylashgan Bosh prokuratura akademiyasining bino va inshootlari yana sotuvga qo‘yildi, deb xabar bermoqda E-auksion platformasiga tayanib, Gazeta.uz .

Ob’ekt yanvar oyida kimoshdi savdosiga chiqarilgandi, ammo mulk sotilmadi

Binolarning umumiy maydoni 9560 kvadrat metrni tashkil qiladi. Ular 0,36 gektar maydonda joylashgan. Boshlang‘ich narx o‘zgarmadi — 171,47 mlrd. Shu bilan birga, bo‘nak puli (zakalat) summasi 5 foizdan 1 foizga tushirildi.

Qolgan shartlar o‘zgarishsiz qoldi. Xususan, sotilgandan keyin Bosh prokuratura akademiyasi bino va inshootlardan bir yil davomida bepul foydalanishi mumkin bo‘ladi. Xaridor ob’ekt qiymatining kamida 35% ini to‘lashi kerak, u bir yil ichida qolgan summani to‘lashi mumkin.

Arizalar 3 iyulga qadar qabul qilinadi, shu kuni soat 10:00 da auksion o‘tkaziladi.

Kiritildi: 19:03 26.06.2023. O'qildi: 2177 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!