Bugun 19 sentyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

"Boris” to‘foni: Markaziy va sharqiy Yevropa kuchli yog‘ingarchilik va toshqinlardan aziyat chekmoqda

"Boris” to‘foni: Markaziy va sharqiy Yevropa kuchli yog‘ingarchilik va toshqinlardan aziyat chekmoqda

"Boris” to‘foni sababli yuzaga kelgan kuchli yog‘ingarchilik Markaziy va sharqiy Yevropa bo‘ylab vayronagarchiliklarni keltirib chiqarishda davom etmoqda. Kuchli yomg‘ir daryolar sathining ko‘tarilishiga sabab bo‘lgani va favqulodda xizmatlar suv toshqinidan himoyani kuchaytirayotgani xabar qilinmoqda. Minglab uylar yog‘ingarchilikdan zarar ko‘rgan.

Avstriyada fuqarolarni suv toshqinidan qutqarish operasiyasi chog‘ida bir nafar o‘t o‘chiruvchi halok bo‘ldi. Vena atrofidagi hudud falokat zonasi deb e’lon qilindi, mahalliy hukumat buni "misli ko‘rilmagan ekstremal vaziyat" deb baholamoqda.

Polsha bosh vaziri Donald Tusk suv toshqini oqibatida bir kishi halok bo‘lganini ma’lum qildi.

Ruminiyada ham to‘fon qurbonlari bor. Shanba kuni rasmiylar mamlakat janubi-sharqidagi Galas mintaqasida suv toshqini oqibatida to‘rt kishi halok bo‘lganini ma’lum qildi.

Chexiyaning ayrim hududlarida suv toshqinlari sababli evakuasiya e’lon qilindi. Chexiyaning CEZ energetika kompaniyasi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakat shimolidagi 51 mingga yaqin xonadon elektr ta’minotidagi uzilishlardan jabr ko‘rgan. Pragada suv toshqinining oldini olish uchun to‘siqlar o‘rnatildi.

Kiritildi: 22:35 15.09.2024. O'qildi: 575 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!