Isroil G‘azo sektorida bosqinchilik va qirg‘inbarot urushini boshlaganiga 356 kun bo‘ldi. 24 soat davomida G‘azo sektori, Iordan daryosining G‘arbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir bo‘lgan asosiy voqealar.
▪️Bosqinchilar Rafah, Xon Yunis, Nuseyrat va Jabaliya lagerlariga hujum qildi. Urush boshlanganidan buyon 41495 kishi shahid bo‘ldi.
▪️G‘arbiy Sohilda bosqinchilar Jenin va Al-Xalilga bostirib kirdi. Bosqinchilar Jeninga 60 birlik texnika jo‘natgan.
▪️Al-Qassam brigadalari Rafah sharqida ishg‘ol tanklari va transport vositalari kolonnasini portlatish bo‘yicha noyob operasiya o‘tkazdi.
▪️Iroq qarshilik kuchlari 6 ta dron yordamida Umm al-Rashrash (Eilat-Heb.) portiga hujum qildi.
▪️Hizbulloh 11 ta harbiy amaliyot o‘tkazdi. Ulardan eng muhimi shimoliy mintaqani ta’minlovchi yirik o‘q-dorilar omborining yo‘q qilinishi bo‘ldi.
▪️Isroilning Livandagi tinch aholi nishonlariga uyushtirgan hujumlarining uchinchi kunida bir kunda 72 kishi halok bo‘ldi, 223 kishi yaralandi. Halok bo‘lganlar orasida ayollar va bolalar ko‘p.
▪️AQSh Kongressiga Isroilga ayrim turdagi qariyb 20 mlrd dollarlik qurollarni sotishni taqiqlovchi rezolyusiya loyihasi kiritildi.
▪️Dunyo bo‘ylab G‘azo va Livanda o‘t ochishni to‘xtatishga chaqiruvchi namoyishlar bo‘lib o‘tmoqda.