Litva Tashqi ishlar vaziri Gabrielyus Landsbergis va Estoniya Tashqi ishlar vaziri Margus Saxkna inson huquqlari buzilishi tufayli ushbu mamlakatlarga kirishi taqiqlangan Gruziya rasmiylarining ro‘yxatini X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifalarida e’lon qilishdi.
Taqiqga Latviya ham qo‘shildi, bu haqda Latviya tashqi ishlar vaziri Bayba Braje jurnalistlarga bergan intervyusida ma’lum qildi.
“Qora ro‘yxat”ga 11 kishi, jumladan “Gruziya orzusi” partiyasining faxriy raisi va asoschisi Bidzina Ivanishvili va Gruziya Ichki ishlar vazirligi rahbari Vaxtang Gomelauri kiritilgan. Ro‘yxatdagi qolganlar esa Gruziya Ichki ishlar vazirligining yuqori martabali amaldorlaridir.