Bugun 11 may, 2024 yil, shanba

КИР

Bollivud! Mashhur aktrisa muxlisi tomonidan pichoqlandi (foto)

Bollivud! Mashhur aktrisa muxlisi tomonidan pichoqlandi (foto)

Hindistonning Mumbay shahrida pichoq bilan qurollangan shaxs aktrisa Malvi Malxotraga hujum qilib, unga bir necha tan jarohatlarini yetkazdi, deb xabar berdi Hindustan Times.

Huquq-tartibot organlari ma’lumotlariga ko‘ra, jabrlanuvchi hujum uyushtirgan shaxs bilan salkam bir yildan buyon tanish bo‘lgan. Shu orada muxlis unga turmushga chiqish taklifini bildirgan, biroq Malxotra rad javobini bergan.

Buni hazm qila olmagan yigit aktrisani poylab yurgan, 26 oktyabr kuni kechasi esa gaplashib olishni o‘tinib so‘ragan, ammo Malxotra rozi bo‘lmagan. Yuzaga kelgan mojaro oqibatida yigit pichoq bilan unga uch marotaba tan jarohati yetkazgan. Aktrisa voqea joyidan shifoxonaga olib ketilgan. Polisiya hozirda tergov ishlarini olib bormoqda.

Aktrisa Malvi Malxotra ko‘p seriyali Udaan televizion loyihasida ishtirok etgan, shuningdek, bir nechta hind filmlarida, jumladan «Milan mehmonxonasi»da suratga tushgan.

Bollivud! Mashhur aktrisa muxlisi tomonidan pichoqlandi (foto)

Kiritildi: 05:00 29.10.2020. O'qildi: 7042 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!