Boliviyada sobiq prezident Evo Morales tarafdorlari va hukumat kuchlari o‘rtasida to‘qnashuvlar davom etmoqda.
Mamlakatdagi bir necha asosiy yo‘llar 19 kundan buyon Evo Morales tarafdorlari tomonidan beri to‘sib qo‘yilgan.
OAV xabarlariga ko‘ra, namoyishchilar dinamitdan, polisiya esa ko‘zdan yosh oqizuvchi gazdan foydalanmoqda.
Boliviya polisiyasi namoyishchilar bilan to‘qnashuvdan so‘ng, to‘sib qo‘yilgan yo‘llardan birini – Kochabamba departamentini Boliviya g‘arbi bilan bog‘laydigan uchastkani tozalashga muvaffaq bo‘ldi.