Bugun 19 noyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

“Bolamni qaytarlaring, qalloblar!”

A A A
“Bolamni qaytarlaring, qalloblar!”

Kuni kecha ismi-sharifi ma’lum qilinmayotgan ayol suddan chaqiriq qog‘ozini oldi. Qog‘ozda uning onalik huquqidan mahrum etilishi va 14 yil oldin tuqqan farzandi uchun aliment undirish masalasi ko‘rib chiqilishi ta’kidlangandi. Shu narsa ayolni dahshatga solib qo‘ydi. Negaki, haqiqatan 14 yil burun tug‘ruqxonada o‘g‘il farzandni dunyoga keltirgan. Ammo chaqaloq kasalmand tug‘ilgan. Shu sababli ayol kasalmand boladan rasman voz kechgan. Shu haqda tilxat ham yozib bergan. Lekin oradan ma’lum vaqt o‘tgach, u fikrini o‘zgartirdi. Nima bo‘lsa ham bolasini olib ketishga ahd qildi. Ana shunda sanitarkalardan biri unga yaqinlashib keldi-da, chaqaloq olamdan o‘tganini ma’lum qildi. Sanitarkaning gapiga qaraganda, chaqaloq kasalmand bo‘lgani bois u sun’iy hayot baxsh etib turuvchi uskunaga ulangandi. Onasi boladan voz kechishi bilan vrachlar uskunani o‘chirib qo‘yishgan va bola olamdan o‘tgan...

Mana, oradan 14 yil vaqt o‘tdi-yu, shu ayol aslida bolasi hayot ekanini sud hay’atidan eshitdi. Sudya esa undan o‘sha 14 yil uchun bolaga aliment undirilishi, ayolni onalik huquqidan mahrum etish haqida hukm e’lon qildi.

Surishtiruvlar natijasida yana shu narsa aniqlandiki, ayolning go‘yo olamdan o‘tgan o‘g‘lini hali u, hali bu bolalar uyiga ko‘chirishgan. Yetimchagina bola yetimlikning barcha baland-past, qing‘ir-qiyshiq so‘qmoqlarida kezib charchagan va hozir ham bu azoblardan mosuvo emas.

Biroq mutasaddilar bolaning onasiga o‘g‘li tirikligi haqida hech qachon xabar qilishmagan.

Xullas, sud hukmidan keyin ayol advokat yollabdi. Endi u oldin onalik huquqini qayta tiklashga, keyin esa farzandini qaytarib olishga harakat qilib ko‘rarkan. Faqat... Buning uchun imkoniyatlari juda-juda cheklangan-da!..

Mash

Kiritildi: 11:36 31.05.2018. O'qildi: 1707 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik