65 ta bolalar oromgohlari O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasi tizimiga o‘tkazilib, boshqa tashkilotlar tizimida bo‘lgan 35 ta bolalar oromgohlarini sotish yoki faoliyat turini o‘zgartirishni taqiqlashni nazarda tutuvchi ro‘yxat tasdiqlandi.
Prezidentning 14.06.2023 yildagi “Bolalarning dam olishlarini tizimli tashkil etish va sog‘lomlashtirish ishlarini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar belgilanishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi PF-95-son Farmoni qabul qilindi.
Bolalar oromgohlari faoliyatini yagona tizim asosida yo‘lga qo‘yish, ularning moliyaviy holatini yaxshilash va oromgohlarga yoshlarni jalb etish qamrovini kengaytirish maqsadida 65 ta bolalar oromgohlari O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasi tizimiga o‘tkazilib, boshqa tashkilotlar tizimida bo‘lgan 35 ta bolalar oromgohlarini sotish yoki faoliyat turini o‘zgartirishni taqiqlashni nazarda tutuvchi ro‘yxat tasdiqlandi, Bolalarning dam olishlarini tizimli tashkil etish va sog‘lomlashtirish masalalari bo‘yicha respublika komissiyasi tashkil etildi.
Bolalar oromgohlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning samarali faoliyat yuritishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida Prezidentning ayrim hujjatlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda:
Eslatib o‘tamiz, Soliq kodeksiga muvofiq:
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 15.06.2023 yildan kuchga kirdi.