Bugun 5 dekabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Bolalar masalalari bo‘yicha komissiyalar faoliyatining samaradorligi oshiriladi

Bolalar masalalari bo‘yicha komissiyalar faoliyatining samaradorligi oshiriladi

“Bolalar masalalari bo‘yicha komissiyalar faoliyatining samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF-201-son, 02.12.2024 y.) qabul qilindi.

Farmonga ko‘ra, quyidagilar tasdiqlandi:

  • Bolalar masalalari bo‘yicha milliy komissiyaning yangilangan tarkibi;
  • Bolalar masalalari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri va tuman (shahar) komissiyalarining namunaviy tarkiblari.

Bolalarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini amalda ro‘yobga chiqarish, ularning jismoniy, intellektual, ma’naviy hamda axloqiy jihatdan kamol topishiga, qobiliyati va iste’dodini to‘liq namoyon etishiga ko‘maklashish bo‘yicha chora-tadbirlarni muvofiqlashtirish ularning asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi.

Ijtimoiy himoya milliy agentligi, uning joylardagi boshqarmalari hamda tuman (shahar) “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari tegishlicha Bolalar masalalari bo‘yicha milliy komissiya va hududiy komissiyalarning ishchi organi vazifasini bajaradi.

Kiritildi: 09:04 04.12.2024. O'qildi: 267 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!