Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Boks bo‘yicha jahon chempioni bo‘lgan o‘zbekistonlik qizga Nexia-3 avtomobili sovg‘a qilindi

Boks bo‘yicha jahon chempioni bo‘lgan o‘zbekistonlik qizga Nexia-3 avtomobili sovg‘a qilindi

26 aprel kuni O‘zbekiston boks federasiyasida o‘zbek bokschi qizlari orasida jahon chempionligini qo‘lga kiritgan ilk sportchi Nigina O‘ktamovani taqdirlash marosimi o‘tkazildi. Bu haqda O‘zbekiston boks federasiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tadbir davomida unga maxsus sovg‘a — Nexia-3 avtomobili hadya qilindi.

«Ushbu ko‘rsatilgan e’tibordan benihoya xursandman. Bu mamlakatimizda sportga, hususan boksga qaratilayotgan katta e’tiborning samarasi. Biz yoshlarga ishonch bildirib, barcha sharoitlarni yaratib berayotganliklari uchun prezidentimizga, Turizm va sport vazirligiga, Milliy olimpiya qo‘mitasi va albatta O‘zbekiston boks federasiyasiga minnatdorchiligimni bildiraman», — dedi Nigina O‘ktamova.

Kiritildi: 16:51 26.04.2021. O'qildi: 2487 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!