Bugun 17 may, 2024 yil, juma

КИР

Bojxonachilar simobni 17 ming dollarga pullashga uringan shaxslarni qo‘lga olishdi

Bojxonachilar simobni 17 ming dollarga pullashga uringan shaxslarni qo‘lga olishdi

Kuni kecha, Davlat bojxona qo‘mitasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan poytaxtimizning Chilonzor va Sergeli tumanlarida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida simobni pullashga uringan shaxslarning kirdikorlari fosh etildi.

Xususan, Chilonzor tumani hududida fuqaro B.A. fuqaro A.SH.ga

12 kilogramm simobni 12 ming AQSh dollarga pullashga kelishib, shundan 7000 dollarini oldindan olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

Shuningdek, yana bir holatda Sergeli tumanida fuqaro R.T. tomonidan shartli xaridorga 5 kilogramm simobni 5000 AQSh dollariga noqonuniy tarzda sotish rejasi chippakka chiqdi.

Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda, deb yozadi Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati.

Manba: kun.uz

Kiritildi: 22:31 18.05.2019. O'qildi: 1745 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!