⚠️Farmonga asosan, bojxona ma’muriyatchiligida quyidagi o‘zgarishlar joriy etiladi:
✔️2025 yil 1 iyuldan Jahon savdo tashkilotining Savdo tartibotlarini soddalashtirish bitimi talablari asosida tovarlarga nisbatan imtiyozlarni qo‘llash bo‘yicha bojxona organlarining dastlabki qarorlarini berish tartibi joriy etiladi.
✔️2025 yil 1 sentyabrdan:
🔷o‘tkazish punktlarida undiriladigan barcha turdagi yig‘im va to‘lovlar bojxona organlarining axborot tizimi orqali undiriladi va hisobi yuritiladi;
🔷 “G‘ishtko‘prik”, “Zangiota” va “Dovut ota” o‘tkazish punktlarida avtotransport vositalari uchun ikki yo‘lakli xavflarni boshqarish tamoyillariga asoslangan davlat nazorat tartibotini qo‘llash amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi. Bunda:
▪️“yashil yo‘lak”da – xavf darajasi past bo‘lgan avtotransport vositalari va unga yuklangan tovarlarni chiqarib yuborish to‘g‘risida qaror qabul qilinishida davlat nazoratining barcha shakllari ularga nisbatan amalga oshirilmaydi, avtotransport vositasi va uning haydovchisiga nisbatan amalga oshiriladigan hujjatli nazorat bundan mustasno;
▪️“qizil yo‘lak”da – davlat nazorati xavf darajasi yuqori va tasodifiy tanlovda aniqlangan avtotransport vositalariga nisbatan amalga oshiriladi;
▪️“qizil” yoki “yashil” yo‘laklar bojxona organlarining “Xavflarni boshqarish” axborot tizimi orqali avtomatik tarzda belgilab beriladi;
▪️o‘tkazish punktidagi davlat nazorat organlari xodimlari tomonidan “profayling” tanlov asosida avtotransport vositalari bojxona organlarining “Xavflarni boshqarish” axborot tizimida “yashil yo‘lak”dan “qizil yo‘lak”ka yo‘naltirilib, tegishli nazorat shakllari qo‘llanadi.
✔️2026 yil 1 sentyabrdan ushbu tartib sinov natijalariga ko‘ra boshlab bosqichma-bosqich avtomobil yo‘li o‘tkazish punktlarida kuchga kiradi.
✔️2026 yil 1 martdan bojxona nazorati jarayonlari “Xavflarni boshqarish” axborot tizimi orqali yanada soddalashtiriladi.
Bundan tashqari, bojxona ombori rejimida saqlash muddati o‘tgan tovarlar 90 kun ichida talab qilib olinmagan hollarda ular sud qarori asosida davlat egaligiga o‘tkaziladi hamda qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tasarruf etiladi.