Bugun 10 fevral, 2025 yil, dushanba

КИР

BOJXONA INSTITUTIGA O‘QISHGA TAKLIF ETAMIZ!

BOJXONA INSTITUTIGA O‘QISHGA TAKLIF ETAMIZ!

Bojxona institutiga o‘qishga kirish uchun arizalar 2025 yilning 1 yanvaridan – 1 apreliga qadar qabul qilinadi.

Nomzodlar qabul boshlangach doimiy yashash, o‘qish, muddatli harbiy xizmat o‘tayotgan hududda joylashgan bojxona boshqarmalariga murojaat etishlari mumkin.

Bojxona instituti – oliy harbiylashtirilgan ta’lim muassasasi hisoblanadi.

Institutda, o‘qish kunduzgi shaklda, ta’lim muddati 4 yil, iqtisodchi

va yurist mutaxassisliklari tayyorlanadi, o‘qishga qabul qilinganlar to‘liq davlat granti asosida o‘qitiladi, bepul formali-kiyim bosh va oziq-ovqat bilan ta’minlanadi hamda tibbiy xizmat ko‘rsatiladi.

Bojxona institutida o‘qish davri bir kuni bir kunga bojxona organlarida xizmat qilganlik davriga qo‘shiladi.

BOJXONA INSTITUTIGA: umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi ma’lumotiga ega, harbiy xizmatni o‘tamagan 17 yoshdan 23 yoshgacha bo‘lgan, shu jumladan o‘qishga qabul qilingan yili 17 yoshgato‘ladigan hamda 23 yoshda bo‘lgan fuqarolar, 18 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan, shu jumladan o‘qishga qabul qilingan yili

18 yoshga to‘ladigan hamda 25 yoshda bo‘lgan, ofiserlar tarkibi harbiy unvonlariga ega bo‘lmagan harbiy xizmatchilar va harbiy xizmatga majburlar tanlov asosida qabul qilinadi.

Nomzodlar: Dastlabki va Maxsus kasbiy tanlov bosqichlaridan o‘tkaziladi.

Normzodlar tanlov bosqichlari va belgilangan me’yorlar bilan: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 30 apreldagi qarori bilan tasdiqlangan «Bojxona instituti bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida» Nizom orqali batafsil ma’lumot olishlari mumkin.

Nomzodlar va ularning ota-onalari qo‘shimcha ma’lumot olish uchun

55-502-86-30 (ichki 41-15, 41-18) raqamlari orqali Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish shu’basiga murojaat etishlari mumkin.

Ariza topshirish uchun: «Toshkent-AERO» ixtisoslashtirilgan bojxona komleksining manzili – Toshkent shahri Sirg‘ali tumani Islom Karimov nomidagi «Toshkent» xalqaro aeroporti, mo‘ljal:Toshkent xalqaro aeroporti yonida. Avtobuslar: 11, 40, 45, 47, 61, 67, 76, 77, 94.

Kiritildi: 12:43 08.02.2025. O'qildi: 7420 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!