Bugun 16 may, 2025 yil, juma

КИР

Bodikamerasi ishlamayotgan YPX xodimiga chora ko‘rildimi?

A A A
Bodikamerasi ishlamayotgan YPX xodimiga chora ko‘rildimi?

25 aprel kuni soat 14:00larda, Toshkent shahar IIBB YHXB YPX xodimi A.Akbarov tomonidan Sergeli tumani hududida joylashgan "Turbanov" blok-postida tegishli me’yoriy hujjatlarini tekshirish maqsadida "Malibu" rusumli avtomobil haydovchisi to‘xtatilgan.

Video lavhada YPX xodimi tomonidan haydovchiga bodikamera moslamasining quvvati tugaganligi aytilgan va bu holatga haydovchi tomonidan e’tiroz bildirilgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilayotgan edi.

Tekshiruv natijalari haqida Toshkent shahar IIBB YHXB Axborot xizmati ma’lumot berdi.

Tekshiruv xulosasiga ko‘ra, xizmati davomida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 1 dekabrdagi 975-son qarori bilan tasdiqlangan “Yo‘l-patrul xizmati xodimlarining yo‘l harakati qatnashchilari bilan o‘zaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalanishi tartibi to‘g‘risida”gi Nizom hamda Ichki ishlar vazirining ayrim me’yoriy buyruqlari talablarini buzganligi uchun Toshkent shahar IIBB YHXB YPX xodimi A.Akbarovga va uning bevosita raxbarlariga nisbatan intizomiy ta’sir choralari qo‘llanildi.

Kiritildi: 07:30 07.05.2021. O'qildi: 4293 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!