Gayana vakili Karolin Rodriges-Birkett BMT bosh kotibi lavozimi uchun o‘tkazilayotgan norasmiy ovoz berishda yetakchilik qilmoqda. Bu haqda Reuters xabar berdi.
Yopiq tartibdagi ovoz berishda BMT Xavfsizlik Kengashi a’zolari har bir nomzodga «qo‘llab-quvvatlayman», «qo‘llab-quvvatlamayman» yoki «betarafman» degan baho beradi. Natijalar rasman e’lon qilinmaydi.
Xavfsizlik Kengashi yakunda BMT Bosh Assambleyasiga nomzod tavsiya qiladi va Bosh Assambleya uni rasman bosh kotib etib tayinlaydi.
Amaldagi bosh kotib Antoniu Guterrishning vakolati dekabrda tugaydi. Lavozimga Rodriges-Birkettdan tashqari Mishel Bachelet, Rafael Grossi, Rebeka Grinspan, Maki Sal va Mariya Fernanda Espinosa ham da’vogarlik qilmoqda.