Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

BMTning sobiq bosh kotibi Kofi Annan vafot etdi

BMTning sobiq bosh kotibi Kofi Annan vafot etdi

BMTning sobiq bosh kotibi Kofi Annan 80 yoshida olamdan o‘tdi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.

Oilasining ma’lum qilishicha, Annan qisqa davom etgan xastalikdan so‘ng olamdan o‘tgan.

Kofi Annan keyinchalik mustaqil Gana davlatiga aylangan Britaniyaning Oltin Qirg‘oq koloniyasida 1938 yilda tavallud topgan. U 1960 yilllarning boshidan beri BMT strukturasida ishlab kelardi. 1997 yilda BMT bosh kotibi etib saylangan va bu lavozimni egallagan ilk qora tanliga aylangan.

2001 yilda Kofi Annan tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti sohibi bo‘lgan va ikkinchi muddatga saylangan. 2006 yil oxirida o‘z lavozimini tark etgan.

Kofi Annan BMT bosh kotibi sifatida 2002 yilda O‘zbekistonga tashrif buyurgan.

Daryo.uz

Kiritildi: 16:01 18.08.2018. O'qildi: 1250 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!