Bugun 7 aprel, 2026 yil, seshanba

КИР

BMTning Inson huquqlari kengashi Qur’on va boshqa muqaddas kitoblarni yoqib yuborishni qoralovchi rezolyusiya qabul qildi

A A A
BMTning Inson huquqlari kengashi Qur’on va boshqa muqaddas kitoblarni yoqib yuborishni qoralovchi rezolyusiya qabul qildi

BMTning Inson huquqlari kengashi Qur’on va boshqa muqaddas kitoblarni yoqib yuborishni qoralovchi rezolyusiya qabul qildi..

"Kengash so‘nggi paytlarda ommaviy ravishda va qasddan sodir etilayotgan Qur’oni Karimni tahqirlash harakatlarini qoralaydi va qat’iyan rad etadi, diniy adovat qo‘zg‘ayotgan ushbu shaxslarni davlatlarning xalqaro inson huquqlaridan kelib chiqadigan qonunlariga muvofiq javobgarlikka tortish zarurligini ta’kidlaydi", — deyiladi hujjatda.

12 davlat — AQSH, Buyuk Britaniya, Belgiya, Kosta Rika, Chexiya, Finlyandiya, Fransiya, Germaniya, Litva, Lyuksemburg, Chernogoriya, Ruminiya mazkur rezolyusiyaga qarshi chiqdi.

28 davlat, shu jumladan, O‘zbekiston ham BMTning bu rezolyusiyasini yoqlab ovoz bergan.

Kiritildi: 23:12 12.07.2023. O'qildi: 1643 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!